» » O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni qarama-qarshiligi statistikasi

O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni qarama-qarshiligi statistikasi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 14-noyabr, payshanba kuni JCh—2022 musobaqasi ikkinchi saralash bosqichi 5-turi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston terma jamoasi shu vaqtgacha Saudiya Arabistoni bilan o‘nta o‘yinda ishtirok etgan. Ularning to‘rttasida “oq bo‘rilar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, beshta bahsda arablar muvaffaqiyat qozongan va bir uchrashuvda murosa yo‘li tanlangan. To‘plar nisbati — 13:21, Saudiya Arabistoni foydasiga.

O‘zbekiston 1994-yili Xirosimada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida Saudiyani 4:1 hisobida mag‘lub etgandi. Bu mazkur jamoalar qarama-qarshiligida o‘zbeklarning eng yirik g‘alabasi bo‘lib tarixga kirdi. O‘shanda O‘zbekiston safida Igor Shkvirin dubl qayd etgan, Mirjalol Qosimov va Sergey Lebedevlar bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi. O‘zbekistonning eng yirik mag‘lubiyati esa 2000-yilgi Osiyo Chempionatida qayd etilgan, o‘shanda Yuriy Sarkisyan boshchiligidagi jamoa 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.

O‘zbekiston terma jamoasi mazkur raqib bilan so‘nggi bor Avstraliya maydonlarida o‘tgan OCh—2015 musobaqasida to‘qnash kelgan. O‘shanda Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi terma jamoa 3:1 hisobida zafar quchgandi. Uchrashuvda Sardor Rashidov ikkita gol urgan bo‘lsa, yana bir to‘pni Vohid Shodiyev kiritgan. Arablarning yagona javob goliga Muhammad ash Shahlaviy muallif bo‘lgan.

Terma jamoaning bugungi o‘yin qaydnomasidan o‘rin olgan barcha futbolchilari orasida faqatgina 3 tasi Saudiya Arabistoniga qarshi avval ham o‘ynagan. Bular Odil Ahmedov (4 bor), Jamshid Iskanderov va Lutfulla Turayev bir martadan.  Qolgan barcha futbolchilarimiz uchun bu Saudiya bilan debyut o‘yini bo‘ladi. O‘zbekiston terma jamoasi safida bugun maydonga tushishi mumkin bo‘lgan uchchala darvozabon uchun ham aynan Saudiya Arabistoni bilan o‘yin birinchisi bo‘ladi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarixida Saudiya Arabistoniga qarshi eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilar:

Maksim Shatskix — 6 ta o‘yin

Asror Aliqulov — 5 ta o‘yin

Timur Kapadze — 5 ta o‘yin

Ignatiy Nesterov — 5 ta o‘yin

Viktor Karpenko — 5 ta o‘yin

O‘zbekiston terma jamoasi tarixida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushgan barcha darvozabonlar:

Ignatiy Nesterov — 5 ta o‘yin

Yevgeniy Safonov — 2 ta o‘yin

Pavel Bugalo — 1 ta o‘yin

Yuriy Sheykin — 1 ta o‘yin

Aleksey Polyakov — 1 ta o‘yin

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют