» » Qashqadaryo soliq idoralari o‘tkazgan 1120 ta reydda 1 mlrd 235 mln so‘mlik noqonuniy tovarlar olib qo‘yildi

Qashqadaryo soliq idoralari o‘tkazgan 1120 ta reydda 1 mlrd 235 mln so‘mlik noqonuniy tovarlar olib qo‘yildi


Qashqadaryoda soliq idoralari tomonidan o‘tkazilgan 1120 ta reyd tadbirlari davomida aniqlangan 1 milliard 235 million so‘mlik noqonuniy tovarlar daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan. Bu haqda Qashqadaryo davlat Soliq inspeksiyasida tashkil etilgan matbuot brifingida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Qashqadaryo davlat Soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Qodirovning aytishicha, ayni kunda viloyatda faoliyati qonuniylashtirilgan tadbirkorlar soni 58 300 dan ortiq.

“Ming afsuski qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar qatori faoliyati noqonuniy bo‘lgan soxta tadbirkorlar ham yo‘q emas. O‘tkazilgan reyd tadbirlaridan ana shunday soxta tadbirkorlardan bir milliarddan ortiq tovar mahsulotlari olib qo‘yilgan. 31ta holatda noqonuniy audivizual mahsulotlar sotayotgan uddaburonlar aniqlangan va 52 million so‘mlik tovarlar olib qo‘yilgan”, — deydi Alisher Qodirov.

Brifingda ma’lum qilinishicha, Qarshi shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullangan fuqarolar aniqlanib, ulardan 29 million 700 ming so‘mlik kompyuter qurilmalari olib qo‘yilgan.

Faoliyati qonuniylashtirilgan tadbirkorlar tomonidan joriy yil boshidan ayni kunga qadar 61 ming 629 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют