» » Toshkentda katta miqdordagi pirotexnika vositalari noqonuniy savdosining oldi olindi

Toshkentda katta miqdordagi pirotexnika vositalari noqonuniy savdosining oldi olindi


Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan poytaxtning Bektemir tumanida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Tadbirlar davomida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro Nozima Shokirova (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) hech qanday hujjatlarsiz pirotexnika vositalarini savdoga qo‘ygani aniqlandi. Tadbir davomida 3 turdagi 333 dona (quti) umumiy qiymati 8 million 910 ming so‘mlik pirotexnika mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olindi.

Profilaktik tadbirlar davomida Bektemir tumani Nurafshon ko‘chasida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan yana bir fuqaro Ulug‘bek Ummatov ham 3 turdagi 15 dona (quti) umumiy bahosi 800 ming so‘mlik pirotexnika vositalarini mo‘may daromad evaziga pullash payida bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Huddi shuningdek, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro Shodiyor Doniyorov respublikaga noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan 20 dona umumiy qiymati 800 ming so‘mlik pirotexnika vositalarini noqonuniy savdoga qo‘ygani aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi hamda Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik va jazo choralari belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2019, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют