» » O‘zbekiston chegara punktlaridagi nazorat tartibiga vaqt cheklovlari o‘rnatildi

O‘zbekiston chegara punktlaridagi nazorat tartibiga vaqt cheklovlari o‘rnatildi


O‘zbekiston davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizom 2017-yilgi shunday hujjat o‘rniga qabul qilingan, avvalgi nizom o‘z kuchini yo‘qotgan, deya xabar bermoqda Norma.

Yangi nizomga kiritilgan qo‘shimchalardan biri ekologik nazorat tushunchasi va uning batafsil ta’rifi bo‘ldi.

Belgilanishicha, davlat chegarasini kesib o‘tishda “Qizil kitob”ga kiritilgan yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq olib kirish va olib chiqish taqiqlangan o‘simlik hamda hayvonot dunyosi obyektlari, ularning qismlari, hosilalari, yashash faoliyati mahsulotlari, botanik va zoologik kolleksiyalar davlat ekologik nazoratidan o‘tkaziladi. Ekologik nazorat obyektlarini olib kirish va olib chiqish, shuningdek, ularni tranzit olib o‘tishga qonun hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi.

Davlat chegarasi orqali o‘tadigan avtotransport vositalari, tovarlar, qo‘l yuki va bagajini bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida ekologik nazorat obyektlari aniqlanganda, bojxona organlari xodimlari tomonidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari mutaxassislari jalb qilinadi. Ekologik nazorat me’yor va qoidalari buzilishi aniqlanganda qo‘mita mutaxassislari qoidabuzarlikni rasmiylashtiradi va hujjatlashtiradi, obyektni olib qo‘yish, utilizatsiya qilish yoki boshqa turdagi harakatlarni qo‘llash choralarini ko‘radi.

Davlat nazorati organlari tomonidan o‘tkazish punktida haydovchilar, tovarlar va transport vositalarining nazorat tartib-taomillaridan o‘tkazilishi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda o‘tkazish punktiga avtotransport vositasi kirishi va chiqishi vaqtlari, ularning har biri davlat nazorati organlari tomonidan tegishli nazorat tartib-taomillaridan o‘tkazilishi qayd etib boriladi. Elektron tizim mavjud bo‘lmaganda yoxud unda texnik nosozlik holatlari yuzaga kelganda “Yagona qayd varaqasi”dan foydalaniladi. Texnik nosozlik bartaraf etilganidan so‘ng 1 kunlik muddatda kiritilgan belgilar elektron tizimga kiritiladi.

O‘tkazish punktida avtotransport vositalarining bo‘lish vaqti ularning turi, o‘tkazish punktining texnik holatidan kelib chiqqan holda texnologik sxemada belgilanadi, biroq ushbu ko‘rsatkich quyidagi muddatlardan ortiq bo‘lmagan holda belgilanishi lozim:

— yengil avtotransport vositalari uchun — 15 daqiqa;

— yuk avtotransport vositalari uchun — 30 daqiqa.

Avtotransport vositalarining nazorat tartib-taomillaridan o‘tish vaqti quyidagi hollarda belgilangan vaqt me’yorlaridan ortiq bo‘lishi mumkin:

— avtotransport vositalari va (yoki) tovarlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda;

— haydovchi va (yoki) avtotransport vositasi yoki tovarlarni davlat chegarasi orqali olib o‘tish yoxud tashish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar mavjud bo‘lmaganda;

— bojxona organlariga bojxona chegarasi orqali, shu jumladan tranzit shartlarida o‘tkaziladigan avtotransport vositalari va tovarlar to‘g‘risida oldindan elektron tarzda ma’lumotlar taqdim qilinmagan hollarda;

— o‘tkazish punktlarida to‘lanishi belgilangan yig‘imlar yoki to‘lovlar to‘lanmagan hollarda;

— nazorat organlari qonunbuzarlik holatlarini aniqlaganda;

— favqulodda holatlarda.

Biroq avtotransport vositalarining nazorat tartib-taomillaridan o‘tish vaqti 72 soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim. Ushbu vaqt o‘tgandan so‘ng, avtotransport vositasining respublikaga kirishi hal etiladi yoxud chegara nazorati tomonidan ortiga qaytariladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют