» » “Manchester Siti” kambek qilib, “Chelsi”ni mag‘lub etdi (video)

“Manchester Siti” kambek qilib, “Chelsi”ni mag‘lub etdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi 13-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda — “Manchester Siti” o‘z maydonida “Chelsi”ni qabul qildi.

21-daqiqada Ngolo Kante gol urgan holda “Chelsi”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 8 daqiqa o‘tib Kevin de Bryuynening zarbasi mehmonlar darvozasidan joy oldi — 1:1. O‘yindagi so‘nggi gol esa 37-daqiqada Riyad Mahrez tomonidan kiritildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng  “Manchester Siti” ochkolarini 28 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildgan bo‘lsa, “Chelsi” esa esa 26 ochko bilan 4-o‘ringa tushib qoldi.

APL

13-tur bahsi

23-noyabr, shanba

“Manchester Siti” — “Chelsi” 2:1

Gollar: 0:1 — 21 Kante, 1:1 — 29 De Bryuyne, 2:1 — 37 Mahrez.

“Manchester Siti”: Ederson, Kanselu, Mendi, Stounz, Fernandino, Rodri (Gundo‘g‘an, 52) David Silva (Foden, 67), Sterling, de Bryuyne, Mahrez, Aguero (Jezus, 77).

“Chelsi”: Arrisabalaga, Zuma, Tomori, Emerson (Jeyms, 59), Aspilikueta, Jorjino (Maunt, 74), Kovachich, Pulishich, Kante, Villian, Abraham (Batshuayi, 73).

Ogohlantirishlar: Jorjino (61), Gundo‘g‘an (90+1).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2019, 00:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют