» » Superliga. “Bunyodkor” o‘z maydonida “Navbahor”ni bazo‘r mag‘lub etdi

Superliga. “Bunyodkor” o‘z maydonida “Navbahor”ni bazo‘r mag‘lub etdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 24-turi doirasida 24-noyabr, yakshanba kuni Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” klubini qabul qildi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida “qaldirg‘ochlar” yarim himoyachisi Nurillo To‘xtasinov hisobni ochgan bo‘lsa, 34-daqiqaga kelib Namangan klubi a’zosi Aziz Turg‘unboyev hisobni tenglashtirdi (1:1). 67-daqiqada esa mehmon jamoa darvozasi tomon hakam tomonidan penalti belgilandi va undan toshkentliklar vakili Xurshid G‘iyosov unumli foydalandi va jamoasiga muhim 3 ochko taqdim etdi (2:1).

Ushbu g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida “Bunyodkor” ochkolari sonini 45 taga yetkazib oldi. “Navbahor” esa 31 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

 Superliga

24-tur bahsi

24-noyabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 9 Nurillo To‘xtasinov, 1:1 — 34 Aziz Turg‘unboyev, 2:1 — 67, penalti Xurshid G‘iyosov

“Bunyodkor”: Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov (Sanjar Tursunov, 71), Javohir Qahramonov, Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Shohrux Gadoyev, Sanjar Rixsiboyev (Jasurbek Jaloliddinov, 49) (Vladislav Nuriyev, 90+2)

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Ivan Solovyev (Ayubxon No‘monov, 76), Azizbek Turg‘unboyev, Aleksandr Kasyan, Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, G‘iyosjon Komilov, Abbosjon G‘ulomov (Aziz Ibragimov, 62), Nodir Mavlonov, Amirbek Jo‘raboyev (Shahzod Shaymanov, 59)

Ogohlantirishlar: Aleksandr Kasyan (9), Islom Qobilov (14), Nodir Mavlonov (55), Igor Golban (82), Mirzohid G‘ofurov (90+1)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 121) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют