» » Dream City kompaniyasi Tashkent City’da yangi Boulevard biznes markazini taqdim etadi

Dream City kompaniyasi Tashkent City’da yangi Boulevard biznes markazini taqdim etadi


Ofisingizni nufuzli manzilda joylashuvi kompaniyangizning imkoniyatlarini qay darajada ochishga yordam beradi? Biznes uchun yaxshi joyni tanlash sizga qanday foyda beradi?

Biznes hamkorlaringiz, shubhasiz, ofisingizning qarda joylashganiga alohida e’tibor beradi, axir aynan shu orqali birinchi taassurotlar paydo bo‘ladi.

Boulevard zamonaviy biznes markazi poytaxtning ishbilarmonlik hayotining yuragi — Tashkent City XIM hududida joylashgan va ushbu jihatlar aynan bu yerda biznes boshlashning bir nechta sabablari hisoblanadi.

Nufuzli maskan

Boulevard Business Centre – bu Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazining 3983 m2 hududida joylashgan ish hamda hordiq chiqarish uchun zamonaviy va har jihatdan puxta o‘ylangan maskan. Biznes markaz noyob me’morchilik  ko‘rinishiga ega ikki qavatli binodan iborat bo‘lib, birinchi qavati savdo hududi, ikkinchi qavati esa ofis idoralari uchun mo‘ljallangan. Ularning ayrim manzarali derazalari Tashkent City’ning jonli parkiga qaragan.

Aynan sizga mos bino

Biznes markaz hududida maydoni 70 m2 dan 159 m2 gacha bo‘lgan 16 ta ofis uchun noturar joylar hamda maydoni 111 m2 dan 216 m2 gacha bo‘lgan 14 ta  savdo binolari faoliyat yuritishi ko‘zda tutilgan. Eng muhim jihati shundaki, ikkinchi qavat shiftining balandligi 5,30 m, birinchi qavatniki esa 7 m ni tashkil etadi va bu afzallik savdo binolarini ikki qavatli maskanga aylantirish imkonini beradi.

Barcha noturar joy binolari erkin tuzilishda sotiladi. Bu har qanday soha xoh jiddiy chegaralangan hudud, xoh ochiq maskanlar uchun yuqori darajada qulay muhit yaratish imkonini beradi.

Boulevard Business Centre yuqori sifatdagi biznes ofislarning barcha talablariga mos keladi, ya’ni bino havoning markaziy ventilyatsiyasi va konditsionerlash tizimi, zamonaviy muhandislik tizimlari hamda xavfsizlik tizimining to‘liq jamlamasi bilan jihozlangan.

Qo‘riqlanadigan avtoturargoh

Boulevard Business Centre hududida sizni, xodimlaringizni, shu bilan birga mijoz va hamkorlaringizni ortiqcha muammodan xalos etuvchi qo‘riqlanadigan yer osti avtoturargoh barpo etilishi ko‘zda tutligan.

Boulevard Business Centre – xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida har qanday biznes turini amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir.  Nufuzli joy, mehmonlar va Tashkent City aholisining ko‘pgina oqimi biznesingizni yanada omadli qiladi, muzokaralar esa shubhasiz  muvaffaqiyatli bo‘ladi.

Obyektning foydalanishga topshirilishi 2020-yil sentabr oyiga rejalashtirilgan.

Yagona axborot markazi: (+998) 71?202?22?22

Savdo ofisi dam olish kunlarisiz har kuni soat 9:00 dan 19:00 gacha faoliyat yuritadi.

Manzil: Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют