» » Gazetxon shikoyati: Paxtachi tumanida pochta aloqa bo‘limlari qisqarib bormoqda

Gazetxon shikoyati: Paxtachi tumanida pochta aloqa bo‘limlari qisqarib bormoqda


Samarqandning Paxtachi tumanida pochta aloqa bo‘limlari qisqarib, shtatlari kamayib ketyapti. Bu haqda Maxsiddin Tog‘ayev “Zarafshon” gazetasiga yo‘llagan maktubida ma’lum qildi.

“Masalan, Po‘latchi qishloq fuqarolar yig‘ini hududida 5 ta umumta’lim maktabi, 2 ta maktab filiali, 2 ta QVP, 6 ta mahalla bo‘lib, jami 12 ming nafardan ortiq aholi yashaydi. Shu hududda bitta pochta aloqasi bo‘limi bo‘lib, uning ham binosi yo‘q. Bir rahbar-u bir xodim ishlaydi.

Xonadonlarga gazeta keltirilmaganiga ham ancha bo‘ldi. Sobiq jamoa xo‘jaligi idorasida joy bor, mahalla fuqarolar yig‘ini idorasi binosida ham 2 ta xona topiladi. Ammo tuman rahbarlari bu ishga kirishishni istamaydi, shekilli. Pochta idorasiga bino ajratilib, aholi o‘rtasida obuna tashkil etilsa, odamlar gazeta o‘qib, ma’naviy, siyosiy saviyasini oshirsa yomonmi?”— deya kuyunib yozadi gazetxon.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют