» » Izboskandagi muloqotlarda nogironlarga pensiyani oldinroq tarqatish masalasi ko‘tarildi

Izboskandagi muloqotlarda nogironlarga pensiyani oldinroq tarqatish masalasi ko‘tarildi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Andijon viloyatining Izboskan tumanida aholi turmush tarzi bilan tanishib, ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda. Bu haqda palata matbuot xizmati ma’lum qildi.

Parlament vakili Muharram Dadaxo‘jayeva tumandagi 10 dan ortiq mahalla, xususan, “Ko‘yganyor” va “Urganji” mahalla fuqarolar yig‘inida mavjud muammolarni o‘rgandi.

— Kuchli yog‘ingarchilik davrida mahallamiz hududida ko‘p miqdorda suv to‘planib qolish holatlari kuzatiladi, — deydi “Ko‘yganyor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ra’noxon Uralova. — Bu esa ekin maydonlarida zaxlashi, imoratlar poydevori yemirilishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday holat insonlar salomatligiga ham ta’sir qiladi. Biz deputatga ushbu hudud yaqinida zovur qazish taklifini bildirdik.

Aholi bilan muloqotlar davomida asosan ijtimoiy masalalarga e’tibor qaratildi. Fuqarolar 1 va 2-guruh nogironlariga hamma bilan bir paytda emas, vaqtliroq pensiya tarqatilishida ko‘mak berishni so‘rab, murojaat qildi. Mazkur murojaat ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют