» » Issiqlik ta’minoti quvurlari yorilgani sababli Toshkentning 3 ta tumanida issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda (video)

Issiqlik ta’minoti quvurlari yorilgani sababli Toshkentning 3 ta tumanida issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda (video)


Toshkent shahar Shayxontohur tumanining Beltepa mavzesida 4-dekabr, chorshanba kuni soat 16.30 da 400 diametrli issiqlik quvurlarida avariya sodir bo‘ldi. Natijada tumanning ayrim hududlarda issiqlik energiyasini uzatish vaqtincha to‘xtatilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mavjud issiqlik quvuri muddatini o‘tab bo‘lganligi sababli yuzaga kelgan vaziyat ayni vaqtda bartaraf etilmoqda va quvurning nosoz qismi yangisiga almashtirilmoqda. Hokimlikning qayd etishicha, 4-dekabr kuni kech soat 22:00 da mazkur hududdagi aholi xonadonlari yana issiqlik tizimiga ulanadi.

Shuningdek, 4-dekabr kuni soat 17:00 da Toshkent viloyati “Nazarbek” QFY hududida joylashgan 9-sonli qozonxonaning 800 diametrli quvurida uzilish yuzaga kelgan. Natijada Uchtepa va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiqlik ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.

Hokimlikning xabar berishicha, ayni paytda muammo bartaraf etilmoqda va 5-dekabr soat 05:00 ga qadar ta’mirlash ishlari o‘z yakuniga yetkaziladi hamda soat 07:00 da aholi xonadonlari yana issiqlik tizimiga ulanadi.

Mazkur uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etishga zarur miqdordagi texnika va mutaxassislar jalb etilgan, deyiladi hokimlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют