» » Farg‘onaning ayrim hududlarida 5-dekabr kuni elektr ta’minotida uzilishlar kutilmoqda

Farg‘onaning ayrim hududlarida 5-dekabr kuni elektr ta’minotida uzilishlar kutilmoqda


“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 110/6 Qirguli podstansiyasidan chiquvchi Yusufbek fiderida rele himoyasini tekshirish ishlari olib borilishi sababli mazkur fideridan ta’minlanuvchi hududlarda vaqtinchalik elektr energiyasi uzib qo‘yiladi.

Jumladan:

Farg‘ona shahridagi Marvarid, Fayz, Temuriylar, Shabboda, Gulshan ko‘chalari hamda Yangi Marg‘ilon hududida joylashgan yuqoridagi fiderga ulangan iste’molchilar hamda Farg‘ona tumanining “Chek-sho‘ra” MFY hududlarida;

Oltiariq podstansiyasidan chiquvchi Langar fiderida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli “Chimyon”, “Mindon”, “Arab”, “Xonqiz”, “Qo‘rg‘ontepa”, “Oqbilol” QFY aholi xonadonlarida.

Shuningdek, “Obod qishloq” davlat dasturi bo‘yicha Yozyovon tumanining “Ishtirxon”, “Takalik” MFYlari, Uchko‘prik tumanining “Mirzaxo‘ja”, “Yulg‘unzor” MFY hududlarida yangi transformator o‘rnatilishi hamda sim tortilishi munosabati bilan soat 08:00 dan 17:00 ga qadar yuqoridagi aholi xonadonlarida vaqtincha elektr energiya berilishi to‘xtatiladi.

“Keltiriladigan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют