» » Toshkentda yuzini tibbiyot niqobi bilan berkitgan bosqinchilar dorixonani o‘mardi

Toshkentda yuzini tibbiyot niqobi bilan berkitgan bosqinchilar dorixonani o‘mardi


21-noyabr, payshanba kuni soat 01:10 atrofida 26 yoshli N.M., 25 yoshli I.X. va 23 yoshli N.I. yuzlarini tibbiyot niqobi bilan berkitgan holda Chilonzor tumani, 18-mavzedagi MChJga qarashli dorixonaga kirib, sotuvchi X.M.ning yuziga urib, sumka ichidagi 16 500 000 so‘m va kassadagi 1 500 000 so‘mni qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida I.X. jinoiy sheriklari bilan birga ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida I.X., N.M. va N.I.ga nisbatan JKning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют