» » Transport vazirligi bo‘lim boshlig‘i 250 dollar pora olayotganda qo‘lga olindi

Transport vazirligi bo‘lim boshlig‘i 250 dollar pora olayotganda qo‘lga olindi


15-noyabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ning huquq-tartibot organlaridagi manbalari xabar berdi.

Tezkor tadbir davomida 1980-yilda Toshkentda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli, Transport vazirligi ruxsat beruvchi hujjatlar bo‘limi boshlig‘i Sh.H. 250 dollar miqdorida pora olayotgan vaqtda ushlangan.

Sh.H pora olishda ikki vositachidan foydalangan. Ular tergovga yordam berib, faol guvohlar sifatida foydalanilgan:

I.R 1989-yilda Toshkentda tug‘ilgan, “Max profit” MChJ transport firmasi vakili. A.A 1990-yilda Toshkentda tug‘ilgan, haydovchi.

Hozirda Sh.H ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют