» » A Seriya. Bir kishi kam bo‘lib qolgan “Yuventus” Rimda mag‘lub bo‘ldi

A Seriya. Bir kishi kam bo‘lib qolgan “Yuventus” Rimda mag‘lub bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 15-turi doirasida 7-dekabr, shanba kuni 3 ta bellashuv yakunlandi.

Karlo Anchelotti qol ostidagi “Napoli” mehmonda “Udineze” bilan bahsga kirishdi.

O‘yinning 32-daqiqasida mezbon jamoa hujumchisi Kevin Lazanya hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqaga kelib neapolliklar yarim himoyachisi Petr Zelinski hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ta’kidlash joiz, to‘qnashuvning 79-daqiqasida serbiyalik himoyachi Nikola Maksimovich hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va “Napoli” bahs yakuniga qadar maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.

Ma’lumot uchun, “Napoli” 21 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. “Udineze” esa 15 ochko bilan 14-pog‘onani egallab turibdi.

Shu kuni turning markaziy uchrashuvlaridan birida Mauritsio Sarri boshliq Turinning “Yuventus” klubi safarda Simone Inzagi boshqaruvidagi Rimning “Latsio” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida “keksa sinyora” yetakchisi Krishtianu Ronaldu (25) tomonidan urilgan golga rimliklar Luis Felipe (45), Sergey Milinkovich-Savich (74) va Felipe Kaysedo (90)ning gollari bilan javob qaytardi.

Natijada Turin klubi joriy mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyatini “Latsio”ga qarshi kechgan bahsda qabul qilib oldi (1:3).

Qayd etish kerak, bellashuvning 69-daqiqasida “Yuventus” yarim himoyachisi Xuan Kuadrado raqib o‘yinchisiga qo‘pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” 36 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Latsio” esa 33 ochko bilan 3-pog‘onani band qilib turibdi.

A Seriya

15-tur bahslari

7-dekabr, shanba

Gollar: 0:1 — 23 Di Karmine, 1:1 — 44 Malinovskiy, 1:2 — 57 Di Karmine, 2:2 — 64, penalti Muriel, 3:2 — 90 Gimshiti

Gollar: 1:0 — 32 Lazanya, 1:1 — 69 Zelinski

Gollar: 0:1 — 25 Ronaldu, 1:1 — 45 Luis Felipe, 2:1 — 74 Milinkovich-Savich, 3:1 — 90 Kaysedo

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2019, 02:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют