» » A Seriya. “Roma” mehmonda zafar quchdi, “Napoli”da esa mag‘lubiyat (video)

A Seriya. “Roma” mehmonda zafar quchdi, “Napoli”da esa mag‘lubiyat (video)


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 14-turi doirasida 1-dekabr, yakshanba kuni 2 ta o‘yin nihoyasiga yetdi.

Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” o‘z maydonida “Bolonya”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 41-daqiqasida rimliklar jamoasi hujumchisi Fernando Lyorente hisobni ochgan bo‘lsa, 58-daqiqaga kelib mehmonlar yarim himoyachisi Andreas Olsen hisobni tenglashtirdi (1:1). 80-daqiqada esa “Bolonya” vakili Nikola Sansone jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Natijada o‘yin 1:2 hisobida “Napoli”ning mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Ma’lumot uchun, neapolliklar 20 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. “Bolonya” esa 16 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda.

Shu kuni Paulu Fonseka boshqaruvidagi Rimning “Roma” klubi esa safarda “Verona”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida Rim klubi a’zolari Jastin Klyuyvert (17), Diyego Perotti (45, penalti) va Genrix Mxitaryan (90) raqib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, mezbonlardan Davide Faraone (21) o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Napoli” mehmonda “Verona” ustidan 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Roma” ochkoalri sonini 28 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 4-o‘rinni band qilib turibdi. “Verona” esa 18 ochko to‘plab 9-o‘rindan joy oldi.

A Seriya

14-tur bahslari

1-dekabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 41 Lyorente, 1:1 — 58 Olsen, 1:2 — 80 Sansone

Gollar: 0:1 — 17 Klyuyvert, 1:1 — 21 Faraoni, 1:2 — 45, penalti, Perotti, 1:3 — 90 Mxitaryan

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2019, 04:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют