» » A Seriya. “Roma” “Milan”dan ustun keldi, “Napoli” esa durang o‘ynadi (video)

A Seriya. “Roma” “Milan”dan ustun keldi, “Napoli” esa durang o‘ynadi (video)


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 9-turi doirasida 27-oktabr, yakshanba kuni 6 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” safarda SPALga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinning 9-daqiqasida neapolliklar hujumchisi Arkadiush Milik hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib mezbon jamoa yarim himoyachisi Yasmin Kurtich hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Napoli” 17 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. SPAL esa 7 ochko bilan 19-o‘rinni egallab turibdi.

Turning markaziy uchrashuvida Paulu Fonseka boshqaruvidagi Rimning “Roma” klubi o‘z maydonida Stefano Pioli boshliq “Milan” bilan bahsga kirishdi.

To‘qnashuvning 38-daqiqasida Rim klubi hujumchisi Edin Jeko Janluka Manchini uzatgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 55-daqiqaga kelib “rossonerilar” himoyachisi Teo Ernandes hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 3 daqiqa o‘tib italiyalik yarim himoyachi Nikolo Dzanyolo “Roma”ni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va “Roma” o‘z uyida “Milan”ni kichik hisobda taslim etdi.

Qayd etish joiz, “Roma” ochkolari sonini 16 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Milan” esa 10 ochko yig‘ib 12-pog‘onada bormoqda.

A Seriya

9-tur bahslari

27-oktabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 48 Palasio, 1:1 — 64 Gabbyadini, 2:1 — 78 Bani

Gollar: 0:1 — 11 Okaka Chuka, 1:1 — 21 Ilichich, 2:1 — 35, penalti Muriel, 3:1 — 43 Ilichich, 4:1 — 47 Muriel, 5:1 — 52 Pashalich, 6:1 — 75, penalti Muriel, 7:1 — 83 Traore

Gollar: 0:1 — 9 Milik, 1:1 — 16 Kurtich

Gollar: 0:1 — 40 Nandes, 1:1 — 69 Zaza

Gollar: 1:0 — 38 Jeko, 1:1 — 55 Teo, 2:1 — 58 Dzanyolo

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2019, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют