» » A Seriya. Ronalduning so‘nggi daqiqalarda urgan goli “Yuventus”ga 3 ochko keltirdi, “Roma”da yirik g‘alaba, “Napoli” esa ochko yo‘qotdi (video)

A Seriya. Ronalduning so‘nggi daqiqalarda urgan goli “Yuventus”ga 3 ochko keltirdi, “Roma”da yirik g‘alaba, “Napoli” esa ochko yo‘qotdi (video)


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 10-turi doirasida 30-oktabr, chorshanba kuni 7 ta bahs nihoyasiga yetdi.

Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” o‘z maydonida “Atalanta”ni qabul qildi.

Uchrashuvda neapolliklar vakillari Nikola Maksimovich (16) va Arkadiush Milik (71) raqib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, mehmonlardan Remo Froyler (41) hamda Yosip Ilichich (86) o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Napoli” 18 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. “Atalanta” esa 21 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda.

Shu kuni Mauritsio Sarri boshqaruvidagi Turinning “Yuventus” jamoasi “Jenoa”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvda hisob 36-daqiqada ochildi, unga “keksa sinyora” himoyachisi Leonardo Bonuchchi mualliflik qildi. Oradan 4 daqiqa o‘tib “Jenoa” hujumchisi Kristian Kuame hisobni tenglashtirdi (1:1). O‘yinning so‘nggi daqiqalarida hakam tomonidan mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Undan Turin klubi yetakchisi Krishtianu Ronaldu unumli foydalandi va jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi (2:1).

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Yuventus” ochkolari sonini 26 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida peshqadamga aylandi. “Jenoa” esa 8 ochko yig‘ib 17-o‘rinni band qilib turibdi.

Paulu Fonseka boshliq Rimning “Roma” klubi safarda “Undineze” bilan bahsga kirishdi.

To‘qnashuv davomida Rim klubi a’zolari Nikolo Dzanyolo (13), Kris Smolling (51), Jastin Klyuyvert (54) hamda Aleksandar Kolarov (65, penalti) birin-ketin rqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa “Roma” safarda “Udineze” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, yirik hisobda g‘alabaga erishdi.

Qayd etish joiz, “Roma” 19 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. 14-o‘rinda borayotgan “Udineze” hisobida esa 10 ochko mavjud.

A Seriya

10-tur bahslari

30-oktabr, chorshanba

Gollar: 1:0 –– 16 Maksimovich, 1:1 — 41 Froyler, 2:1 — 71 Milik, 2:2 — 86 Ilichich

Gollar: 0:1 – 23, penalti Santander, 1:1 — 48 Joao Pedro, 2:1 — 72 Simeone, 3:1 — 83 Joao Pedro, 3:2 — 90, avtogol Olsen

Gollar: 1:0 — 36 Bonuchchi, 1:1 — 40 Kuame, 2:1 — 90, penalti Ronaldu

Gollar: 1:0 — 25 Acherbi, 2:0 — 33 Immobile, 3:0 — 70, penalti Immobile, 4:0 — 90, avtogol Belotti

Gollar: 0:1 — 8 Lapadula, 1:1 — 90 Ramires

Gollar: 1:0 — 24 Boga, 1:1 — 63 Kastrovilli, 1:2 — 81 Milenkovich

Gollar: 0:1 — 13 Dzanyolo, 0:2 — 51 Smolling, 0:3 — 54 Klyuyvert, 0:4 — 65, penalti Kolarov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют