» » Toshkentda “Regapen” psixotrop dori vositasini noqonuniy sotgan dorixonachilarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda “Regapen” psixotrop dori vositasini noqonuniy sotgan dorixonachilarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda kuchli ta’sir etuvchi dori-darmonlarni noqonuniy sotadigan dorixonalar xodimlarini aniqlash maqsadida reyd o‘tkazdi, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

6-dekabr kuni Yakkasaroy tumani Usmon Nosir ko‘chasida joylashgan “Guli-kand plus” MChJ dorixonasi xodimlari 23 yoshli Sh.N va 29 yoshli Jasur.K maxsus retsept talab qilmasdan kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen” preparatini sotayotgani aniqlandi. Bundan tashqari xodimlarning maxsus farmatsevtik ma’lumotga ega emasliklari ham aniqlangan.

Dorixona xodimlarini qo‘lga olishda maxsus kuchlar ishtirok etmagan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) bo‘yicha Sh.N. va J.K. ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Bundan tashqari, xuddi shunday jinoiy faoliyat holatlari Uchtepa tumanida joylashgan “Besh plus mega farm” MChJ dorixonasida ham aniqlanib, 658 dona “Regapen” dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Chilonzor tumani 8-massivida joylashgan “Fayz farm” MChJ dorixonasidan ham 77 ta “Regapen” hamda 36 ta boshqa kuchli ta’sir qiluvchi dori preparatlarini musodara qilgan.

“Besh plus mega farm” va “Fayz farm” MChJ dorixonalari ishchilari 31 yoshli B.R. va 23 yoshli A.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu boradagi ishlar davom ettirilib, sodir etilgan qilmishlar uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyiliga rioya etilishi ta’minlanmoqda, deyiladi xabarda.

“Hurmatli hamshaharlar! Agar siz dorixona xodimi ‘Tropikamid’ yoki ‘Regapen’ dori vositasining retseptsiz yoki dorixonadan tashqarida sotilayotganiga guvoh bo‘lsangiz, 102 yoki 71-232-30-40, 71-232-40-50 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Ularga nisbatan qonun doirasida qat’iy choralar ko‘riladi” , — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют