» » Toshkentda avtomaktabga bormay guvohnoma olish uchun 500 dollar so‘ragan “Vatanparvar” rahbar o‘rinbosari ushlandi

Toshkentda avtomaktabga bormay guvohnoma olish uchun 500 dollar so‘ragan “Vatanparvar” rahbar o‘rinbosari ushlandi


Toshkent shahar IIBB tezkor-qidiruv guruhi va prokuratura organlari hamkorligida noqonuniy “pul mukofoti”ni olish holati aniqlandi. Bu haqda IIBB axborot-multimedia markazi ma’lum qildi.

Haydovchilarni tayyorlovchi MK “Vatanparvar” tashkilotining sho‘ba unitar korxonasi rahbari o‘rinbosari o‘zining xonasida 500 AQSh dollari va 200 ming so‘m miqdorida “mukofot puli” olayotgan vaqtda IIBB huzuridagi Jinoyat qidiruv boshqarmasining Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

U bu pullarni mashg‘ulotlarga kelmasdan guvohnoma olishga ko‘maklashish uchun olmoqchi bo‘lgan.

Mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют