» » Toshkentda 6 ming dollar evaziga oliy o‘quv yurtiga kiritishni taklif qilgan kollej direktori qo‘lga olindi

Toshkentda 6 ming dollar evaziga oliy o‘quv yurtiga kiritishni taklif qilgan kollej direktori qo‘lga olindi


Toshkentda Agrar universitetning sobiq xodimi, hozirda kasb-hunar kollejlaridan birining direktori hamda ushbu universitetning 2-kurs talabasi 6 ming dollar evaziga oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishga taklif qilayotgani aniqlandi. Bu haqda IIBB huzuridagi Jinoyat qidiruv boshqarmasi iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi ma’lum qildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida gumondorlardan biri talab qilingan summaning yarmini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi. Ayblanuvchining ko‘rsatmalariga asosan ikkinchi gumondor ham ushlandi.

Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan mazkur holat yuzasidan to‘plangan daliliy ma’lumotlar asosida Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют