» » APL. “Lester” mehmonda yirik hisobda g‘alaba qozondi, Vardidan dubl

APL. “Lester” mehmonda yirik hisobda g‘alaba qozondi, Vardidan dubl


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 16-turi doirasida 8-dekabr, yakshanba kuni 3 ta o‘yin yakunlandi.

Brendan Rojers qo‘l ostidagi “Lester” klubi “Aston Villa” maydoniga safar qildi.

Bellashuv davomida “tulkilar” vakillari Jeymi Vardi (20, 75), Kelechi Ixeanacho (41) hamda Jonni Evans (49) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, mezbonlarning goliga yarim himoyachi Jek Grilish (45) mualliflik qildi.

Shu tariqa “Lester” mehmonda kechgan bahsda “Aston Villa”ni yirik 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Qayd etish joiz, “Lester” 38 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Aston Villa” esa 15 ochko bilan 17-pog‘onani egallab turibdi.

APL

16-tur bahslari

8-dekabr, yakshanba

Gollar: 0:1 — 20 Vardi, 0:2 — 41 Ixeanacho, 1:2 — 45 Grilish, 1:3 — 49 Evans, 1:4 — 75 Vardi

Gollar: 0:1 — 52 Ingz, 1:1 — 68 Shelvi, 2:1 — 87 Fernandes

Gollar: 1:0 — 27 Tetti, 1:1 — 49 Stivens, 1:2 — 52 Boldok

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют