» » La Ligada Alfredo di Stefanoning rekordi yangilandi

La Ligada Alfredo di Stefanoning rekordi yangilandi


“Betis” futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 16-turida “Atletik Bilbao”ni mag‘lub etdi (3:2).

“Betis” yarim himoyachisi Xoakin Sanches mazkur o‘yinda uchta golga muallif bo‘ldi. O‘yin kuni 38 yosh-u 140 kunlik bo‘lgan Xoakin La Ligada het-trik qayd etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.

Xoakin bu borada “Real” sobiq hujumchisi Alfredo di Stefanoning rekordini yangiladi. Argentinalik futbolchi 1964-yilning 15-martida het-trik qayd etganida 37 yosh-u 255 kunlik edi.

Shuningdek, Xoaking Ispaniya chempionati doirasidagi o‘yinning dastlabki 20 daqiqaligida uchta gol urgan yettinchi futbolchiga aylandi. So‘nggi bor bunday natijaga Krishtianu Ronaldu 2015-yilda erishgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют