» » Time jurnali “Yil odami” mukofotiga nomzodlarning qisqa ro‘yxatini taqdim etdi

Time jurnali “Yil odami” mukofotiga nomzodlarning qisqa ro‘yxatini taqdim etdi


Time jurnali “Yil odami” mukofotiga nomzodlarning qisqa ro‘yxatini taqdim etdi. O‘n nafar nomzodning ismi NBC News telekanalining Today dasturida e’lon qilindi.

Ro‘yxatda siyosatchilardan AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, AQSh prezidenti Donald Tramp, Xitoy raisi Si Szinpin hamda Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Arder o‘rin oldi.

Shuningdek, ro‘yxatda Facebook asoschisi Mark Sukerberg, amerikalik futbolchi Megan Rapino, Trampga nisbatan impichment jarayonining boshlanishiga sabab bo‘lgan MRBning maxfiy xodimi, Trampning shaxsiy advokati Rudolf Juliani, 16 yoshli ekofaol Greta Tunberg va Gonkongdagi norozilik namoyishi ishtirokchilari ham bor.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qisqa ro‘yxatdan o‘rin olmagan. Shunga qaramay u Time jurnali o‘quvchilari ishtirok etayotgan 57 nomzodlardan iborat ro‘yxatda bor. 9-dekabr holatiga ko‘ra Gonkongdagi norozilik namoyishchilari oldinda ketmoqda.

Time versiyasi bo‘yicha “Yil odami” 11-dekabr kuni e’lon qilinadi.

Mavzuga doir: Time jurnali vakili: Trampning “Yil odami” borasidagi so‘zlarida bir tomchi ham haqiqat yo‘q

Time jurnali 1999-yildan boshlab har yili eng nufuzli shaxslar ro‘yxatini tuzadi. O‘tgan yili ushbu mukofot bir guruh jurnalistlar, jumladan, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh elchixonasi hududida o‘ldirilgan Jamol Qoshiqchi “Yil odami”ga aylangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют