» » O‘zbekistondagi barcha o‘quv muassasalarida 5 kunlik o‘qish tizimini joriy etish taklif qilindi

O‘zbekistondagi barcha o‘quv muassasalarida 5 kunlik o‘qish tizimini joriy etish taklif qilindi


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekistondagi barcha o‘quv muassasalarida besh kunlik o‘qish tizimi joriy etishni taklif qildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasida so‘z boradi.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchi va talabalarning o‘z ota-onalari bilan mamlakat bo‘ylab sayohat qilishiga imkoniyat yaratish.

Shuningdek, turistik mavsumni uzaytirish maqsadida yozgi ta’til hisobiga qishki ta’tilni uzaytirish ham taklif qilindi.

2020–2025-yillarda O‘zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida yoshlar o‘rtasida sayohatni ommalashtirish va yosh xorijiy sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha bir qator tadbirlar va loyihalar mavjud.

Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlarning 1,52 million nafarini yoshlar tashkil etgan bo‘lsa (2017-yilga nisbatan 12 foizga ko‘p), 2019-yilda esa ularning soni 1,75 milliondan oshgan.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2025-yil oxiriga qadar xorijlik yosh sayyohlar sonini 4 millionga, mahalliy yosh turistlarni esa 12 millionga yetkazish niyatida. Bunga turizmni va unga aloqador infratuzilmani modernizatsiya qilish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shuningdek, turli tadbirlarni tashkil etish va mamlakatni yoshlar turizmining jozibador markazi sifatida xorijda keng targ‘ib qilish orqali erishish mumkinligi aytilmoqda.

Mavzuga doir: Xorijlik sayyohlarni ro‘yxatga olishni bekor qilish, duty free, o‘zini ish bilan ta’minlovchi gidlar — Turizm bozorini qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti O‘zbekistonda birinchi bo‘lib 25-noyabrdan o‘qish haftasini besh kunlik etib belgilagani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют