» » Tez orada Yakkabog‘ tumanidagi Amir Temur g‘origa turistik yo‘nalish ochiladi

Tez orada Yakkabog‘ tumanidagi Amir Temur g‘origa turistik yo‘nalish ochiladi


So‘nggi yillarda Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deb yozadi “Qashqadaryo” nashri.

Xususan, 2016-yilda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 28 ta turistik korxona tomonidan 7,3 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Bu 2015-yil bilan qiyoslaganda 12 foizga o‘sishni ko‘rsatadi. Shuningdek, chet ellik fuqarolarga ko‘rsatilgan turistik xizmatlar eksportidan tushgan mablag‘ 440,4 ming dollarni tashkil etadi yoki bu 2015-yilga nisbatan 35 foiz ortgan. Sayyohlarning aksariyati madaniy meros obyektlariga tashrif buyurgan. Mavjud madaniy meros obyektlari va ziyoratgohlarga kelgan sayyohlar soni jami 348,5 ming nafar bo‘lib, shundan 13,5 ming nafari xorijiy hamda 335 ming nafari mahalliy sayyohdir.

Ammo viloyatning turistik salohiyati va mavjud resurslar bilan qiyoslansa, bu unchalik katta natija emas. Agar turistik yo‘nalishlar ko‘payib, xizmatlar sifati yanada yaxshilansa, raqamlar bundan bir necha barobar oshishi mumkin. Buning uchun esa turizmning eng ommaviylashib borayotgan turi – ekoturizmni rivojlantirish, hududning bu boradagi imkoniyatlaridan samarali foydalanish darkor.

“Ekoturizm yo‘nalishi bo‘yicha viloyatning tog‘ va tog‘oldi hamda cho‘l hududlarida sayyohlarning maroqli dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, mazkur hududlarga xorijiy va mahalliy sayyohlarni jalb etish borasida bir qator ishlar olib borilayapti. Hozirgi paytda Muborak, Mirishkor, Yakkabog‘, Shahrisabz, Kitob tumanlari bo‘ylab ekoturistik yo‘nalishlar tashkil etilgan. Shuningdek, yaqinda Yakkabog‘ tumanidagi Amir Temur g‘origa ham turistik yo‘nalish ochiladi. Bu yerga kelgan xorijiy va mahalliy sayyohlar g‘orga bevosita sayohat qilish bilan birga, uning tarixi, buyuk bobokalonimiz Amir Temur bilan bog‘liq voqealar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga ham ega bo‘ladi”, — deydi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo mintaqaviy bo‘limi boshlig‘i Otabek Olimjonov.

“Hozirgi paytda viloyatda 2 ta qo‘riqxona va 8 ta o‘rmon xo‘jaligi mavjud. Ushbu joylarda belgilangan tartib asosida sayohat qilish, tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish mumkin”, — deydi viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi mutaxassisi Karima Yodgorova.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют