» » A Seriya. Ronalduning dubli “Yuventus”ga g‘alaba keltirdi, “Milan”da esa durang (video)

A Seriya. Ronalduning dubli “Yuventus”ga g‘alaba keltirdi, “Milan”da esa durang (video)


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 16-turi doirasida 15-dekabr, yakshanba kuni 4 ta bahs yakunlandi.

Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida “Udineze”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yin davomida “keksa sinyora” vakillari Krishtianu Ronaldu (9, 37) va Leonardo Bonuchchi (45) tomonidan urilgan gollarga mehmonlar Ignasio Pussetto (90)ning goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa Turin klubi o‘z maydonida “Udineze”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng turinliklar ochkolari sonini 39 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida peshqadamga aylanib oldi. “Udineze” esa 15 ochko bilan 17-pog‘onani band qilib turibdi.

Shu kuni Stefano Pioli boshqaruvidagi “Milan” jamoasi esa “Sassuolo” bilan bellashdi.

Uchrashuvda hisob ochilmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “rossonerilar” 21 ochko to‘plab musobaqa jadvalida 10-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, 13-o‘rinda borayotgan “Sassuolo” hisobida 16 ochko mavjud.

A Seriya

16-tur bahslari

15-dekabr, yakshanba

Gollar: 0:1 — 36 Ansaldi, 0:2 — 54 Berenger, 0:3 — 61 Ansaldi, 1:3 — 69, penalty Patssini, 2:3 — 76 Verre, 3:3 — 84 Stempinski

Gollar: 1:0 — 12 Palasio, 2:0 — 53 Poli, 2:1 — 60 Malinovskiy

Gollar: 1:0 — 9 Ronaldu, 2:0 — 37 Ronaldu, 3:0 — 45 Bonuchchi, 3:1 — 90 Pussetto

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют