» » Qarshi tumanida uchinchi marotaba o‘g‘irlik sodir etgan 18 yoshli qiz qo‘lga olindi

Qarshi tumanida uchinchi marotaba o‘g‘irlik sodir etgan 18 yoshli qiz qo‘lga olindi


Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida qo‘shnisining 1,4 million so‘mlik tilla zanjirini o‘g‘irlagan qiz qo‘lga olindi. Bu haqda MY5 telekanalining “Markaziy studiya” axborot dasturi xabar berdi.

Endigina 18 yoshni qarshilagan Dilnoza Anvarova Qarshi tumani “Quyibeshkent” mahallasida istiqomat qiladi. U joriy yilning 19-sentabr kuni mahallasidagi fuqaro Shohista Choriyevaning uyiga o‘g‘irlikka tushib, uning tilla zanjirini o‘margan.

Dilnoza 17-sentabr kuni ham Qarshi tumanida yashovchi fuqaro Gulnoza Mavlonovaning xonadoni yerto‘lasidan jami 16 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgani aniqlangan.

Dilnoza tilla zanjirlarni sotish uchun Qarshi shahriga borayotganida Qarshqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Dilnozaga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ta’kidlanishicha, Dinozaning bu qilmishlari uchinchi bor sodir etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют