» » Ikki yigitni “samosud” qilgan angrenlik mushtumzo‘rlar uzr so‘radi (video)

Ikki yigitni “samosud” qilgan angrenlik mushtumzo‘rlar uzr so‘radi (video)


13-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir guruh shaxslar tomonidan ikki nafar o‘smir yigitning haqorat qilinib, kaltaklangani aks etgan videodagi voqealar 2018-yili Angren shahrida sodir etilgani ma’lum bo‘ldi. Toshkent viloyati IIBB tomonidan taqdim etilgan videoda mushtumzo‘r yigitlarning barchadan uzr so‘ragani aks etgan.

“2018-yilning fevral oyi oxirlarida Shaxzod degan bola bilan o‘rtamizda kelishmovchilik kelib chiqdi. Ertasi kuni gaplashib turganimizda, mushtlashib ketdik. Aytgan gaplarim, so‘kkan so‘zlarimdan juda pushaymonman. Bu narsani boshqalarga tavsiya qilmayman. Janjaldan keyin bolaning uyiga borib o‘zidan, uning yaqinlaridan uzr so‘radim.

Ta’kidlanishicha, IIB va shifoxonaga murojaat qilinmagan, o‘zlari o‘rtada hal qilishgan.

Mushtumzo‘rlardan biri janjalni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborganidan afsusda ekanligini bildirgan.

Mavzuga doir: IIV ikki yigitni “samosud” qilgan mushtumzo‘rlarni izlashni boshladi (video)

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Angren shahar ma’muriy sudiga yuborilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют