» » Qashqadaryoda onasining pensiyasiga taqiq qo‘yilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan erkak alimentdan bo‘lgan 10 mln so‘mdan oshiq qarzni to‘lab berdi

Qashqadaryoda onasining pensiyasiga taqiq qo‘yilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan erkak alimentdan bo‘lgan 10 mln so‘mdan oshiq qarzni to‘lab berdi


Yakkabog‘ tumanining “Xonaqa” mahallasida yashovchi Yu.N. ikki nafar farzandi uchun 33 oydan ko‘proq vaqt mobaynida aliment to‘lamay kelgan. Bu haqda “Novosti Kashkadaryi” xabar bermoqda.

Sud tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay, u zimmasidagi majburiyatni bajarishdan bo‘yin tovlab kelgan.

Tuman MIB vakillari oxirgi chora sifatida Yu.N.ga onasining pensiyasiga taqiq qo‘yilgani haqida ma’lum qildi. Shuningdek, unga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Shundan so‘ng qarzdor qisqa muddatda 10 million 732 ming so‘m to‘lab berdi. Hozirda undan yana 3 million so‘mdan ortiq qolgan summani undirish chorasi ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2019, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют