» » Fiat Chrysler va Peugeot kompaniyalari birlashishga qaror qildi

Fiat Chrysler va Peugeot kompaniyalari birlashishga qaror qildi


Fiat Chrysler va Peugeot avtomobillarini ishlab chiqaruvchi PSA kompaniyalari birlashishga qaror qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Kompaniyalarning birlashishini 12—15 oyda yakunlash rejalashtirilmoqda. Yangi kompaniyaning qanday nomlanishi haqida ma’lum qilinmagan, biroq u dunyodagi avtomobil ishlab chiqaruvchi to‘rtinchi eng yirik kompaniya bo‘lishi aniq.

Birlashgan kompaniyaning taxminiy qiymati 50 milliard dollarga baholanmoqda.

Italiya—AQSh konserni bo‘lgan Fiat Chrysler Yevropadagi ikkinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi, PSA esa uchinchi hisoblanadi.

Birlashgan kompaniyaning oldida turgan birinchi vazifa zavodlarni yopmagan holda xarajatlarni yiliga 3,7 milliard dollarga qisqartirish hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют