» » “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti ochilish marosimidan keyin o‘z faoliyatini to‘xtatib turadi

“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti ochilish marosimidan keyin o‘z faoliyatini to‘xtatib turadi


Toshkent viloyatida qurilgan “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti joriy yilning 21-dekabr kuni rasman ochilishi ma’lum qilingan edi.

21—22-dekabr kunlari O‘zbekistonda kuchli shamol bo‘lib qor yog‘ishi, havo harorati kunduzi 5—7 darajaga sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashrif buyuruvchilarning xavfsizligi qulayligingizni ta’minlash maqsadida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi hududdan o‘tish faqat qishki shinali old va to‘liq g‘ildirakli avtomobillar uchun ruxsat etilishini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Chimyonda ko‘chki xavfi e’lon qilindi

Yozgi shinali avtomashinalarning o‘tishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlandi.

Shuningdek, qayd etilishicha, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti avtoturargohi 500 mashinaga mo‘ljallangani bois avtotransport vositalari avtoturargohning to‘lishiga qarab to‘xtatiladi.

Mavzuga doir: O‘zgidromet Qamchiq dovonida qor yog‘ib, tuman tushishi va shamol kuchayishidan ogohlantirdi

Ochilish marosimidan keyin 22-dekabr kuni olib boriladigan profilaktik ishlar va hududni tozalash ishlari tufayli “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti o‘z faoliyatini to‘xtatib turadi va mehmonlarning hududga kirishi taqiqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют