» » Bundesliga. “Borussiya D” safarda yutqazdi

Bundesliga. “Borussiya D” safarda yutqazdi


Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 17-turi doirasida 20-dekabr, juma kuni Lyusyen favr qo‘l ostidagi Dortmundning “Borussiya” jamoasi mehmonda “Hoffenhaym”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida “arilar” yarim himoyachisi Mario Gyotse (17) tomonidan urilgan golga mezbonlar Sarkis Adamyan (79) hamda Andrey Kramarich (87)ning gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa Dortmund klubi safarda kechgan bahsda “Hoffenhaym”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, “Borussiya Dortmund” 30 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. “Hoffenhaym” esa 27 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga

17-tur bahsi

20-dekabr, juma

Gollar: 0:1 — 17 Gyotse, 1:1 — 79 Adamyan, 2:1 — 87 Kramarich

“Hoffenhaym”: Baumann, Baumgartner (Kaderjabek, 78), Nordtveyt, Xyubner, Grillich, Gayger (Lokadiya, 65), Samasseku (Adamyan, 46), Rudi, Bebu, Skov, Kramarich

“Borussiya D”: Byurki, Hakimi, Akanji, Zagadu, Shults, Sancho, Vaygl, Brandt, Gyotse (Pako Alkaser, 85), Azar (Bruun Larsen, 46), Xummels (Pishchek, 46)

Ogohlantirishlar: Akanji (25)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2019, 03:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют