» » O‘zbekiston TIV birinchi o‘rinbosari: “Men YeOII faoliyatida qatnashishimiz tarafdoriman”

O‘zbekiston TIV birinchi o‘rinbosari: “Men YeOII faoliyatida qatnashishimiz tarafdoriman”


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Rossiyaning “RIA Novosti” agentligiga bergan intervyusida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga qo‘shilish mamlakat uchun iqtisodiy jihatdan foydali ekanini ta’kidladi.

U yoki bu mamlakatning u yoki bu tashkilot tarkibiga kirishi, uning faoliyatida qatnashishi avvalo shu mamlakatning o‘zi uchun foydali, manfaatli bo‘lishi kerak. Axir u a’zo bo‘lyapti. Shu bois hozirda ushbu masala o‘rganilmoqda, atroflicha o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari taroziga qo‘yilib, keyin, tabiiyki, qaror qabul qilinadi.

O‘zbekistonning ushbu tashkilot (YeOII) bilan yaqin munosabatda bo‘lishini quvvatlantiradigan omillar bor. Biz jug‘rofiy jihatdan markazda joylashganmiz. Hech bir masalani O‘zbekistonning yoki Markaziy Osiyoning biror bir mamlakati ishtirokisiz hal qilish mumkin emas. Rossiya — ushbu tashkilot a’zosi, bizning strategik sherigimiz, ittifoqchimiz. Qozog‘iston ham — strategik hamkor. Geografiyaning o‘zi bizni ushbu tashkilot bilan yaqin bo‘lishga undamoqda. Men YeOIIni nazarda tutyapman.

Hozir O‘zbekistonning iqtisodiyoti, sanoati, qishloq xo‘jaligi o‘smoqda. Eksport oshmoqda. Bizga bozor, makon kerak. Bu makon qayerda? Bu makon Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hisoblangan Qozog‘istonda, Rossiyada, Qirg‘izistonda, shu bois men ochiq aytaman — men bu tashkilot faoliyatida qatnashish tarafdoriman. Faqat iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqib.

Yana bir ahamiyatga ega omil — bu demografiya. O‘zbekistonda aholi soni oshmoqda, har yili 700 ming kishiga ko‘paymoqda. Tabiiyki, biz 700 ming kishini munosib ish joyi bilan ta’minlay olmaymiz. Bu nimaga olib keladi? Migratsiyaga. Xalqimiz qayerga ko‘chyapti? Rossiyaga, Qozog‘istonga. Bu omil ham O‘zbekistonni YeOII bilan yaqin aloqalarni qo‘llab-quvvatlashiga undamoqda. Bu tashkilotda a’zo mamlakatlardan kelgan migrantlar uchun sharoitlar boshqa, qaror qabul qilishda shu shart-sharoitlarni ham hisobga olish kerak.

Yana, bu ham katta ahamiyatga ega omil, Rossiya bilan mahsulot ayirboshlash hajmimiz yetti milliard dollarga teng, oldimizga uni 10 milliard dollarga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan. Qozog‘iston bilan hozir uch milliard, uni besh milliard dollarga olib chiqish kerak.

Agar O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lsa, bu kimgadir yoqmasligi mumkin. Lekin biz nega kimgadir yoqish-yoqmasligiga qarab o‘tirishimiz kerak. Biz o‘z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqib harakat qilishimiz kerak. Agar bu bizning milliy manfaatlarimizga mos kelsa, demak, tashkilotga kirish kerak, u bilan hamkorlik qilish kerak. Biz kuzatyapmiz, ko‘ryapmiz — YeOIIning nufuzi oshib bormoqda. Ko‘plab mamlakatlar bilan erkin savdo to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Xitoy bilan, Hindiston bilan, Serbiya, Misr va hatto Vyetnam bilan ham. Jiddiy miqyos bu. Bizga nima kerak? Bizga iqtisodiyot kerak. Men bu yerda hech qanday siyosat yo‘q, deb hisoblayman, biz bu tashkilot bilan hamkorlik qilishdan iqtisodiy manfaatdormiz.

Ilhom Ne’matov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari

Mavzuga doir: Ilhom Ne’matov: Yevrosiyo ittifoqiga kirishga bizni hech kim majburlay olmaydi

Rossiya axborot agentligi muxbirining: “Yakuniy qaror qachon qabul qilinishiga umid qilsa bo‘ladi?” degan mazmundagi savoliga javob berarkan, TIV vakili hozirda jarayon tezlashganini ma’lum qilgan.

“Hozirga kelib, bilishimcha, jarayon tezlashgan. Yaqinda, dekabr boshida Siluanov (Rossiya sanoat vaziri)ning jamoasi shu yerda, Samarqandda bo‘lgandi. Demak, muzokaralar davom etmoqda. Ehtimol, tez orada yakunlashar. O‘ylashimcha, yaqin vaqt ichida yakunlashadi”, — degan Ilhom Ne’matov.

Mavzuga doir: O‘zbekiston ODKBga qaytishi mumkinmi? TIV vakili munosabat bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют