» » Bag‘dod yana raketa zarbasiga uchradi

Bag‘dod yana raketa zarbasiga uchradi


Iroq poytaxtidagi qattiq qo‘riqlanadigan “yashil hudud” ichida yana raketa hujumi yuz berdi. Al-Arabiya xabariga ko‘ra, AQShning Bag‘doddagi elchixonasi oldida portlashlar yuz bergan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hujum vaqtida “Katyusha” turiga mansub raketalardan foydalanilgan.

Portlashlarning biri bevosita elchixona yaqinida, ikkinchisi esa “yashil hudud”ga kirish joyidagi nazorat-o‘tkazish punkti oldida yuz bergan. Tinch aholi vakillaridan bir necha kishi tan jarohati olgan. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Blasts can be heard from Baghdad’s Green Zone as at least two rockets hit near the US embassy moments earlier. Attack comes shortly after the deadline from pro-Iranian militant group Kataeb Hezbollah for Iraqi troops to stay away from US forces.https://t.co/FHstG6SV9N pic.twitter.com/QQt3hxVd5p

— Al Arabiya English (@AlArabiya_Eng) January 5, 2020

Bag‘dodda 4-yanvar kuni ham raketa hujumi kuzatilgan edi. Unda ham zarba AQSh elchixonasi oldidagi hududga berilgan edi.

Iroqdagi vaziyat AQSh prezidenti Donald Trampning buyrug‘iga asosan Bag‘dodda eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilganidan so‘ng keskinlashdi.

Eron AQShning bu harakatiga “harbiy javob” qaytarishga va’da berdi. Tramp esa, agar amerikaliklarga biror hujum uyushtiriladigan bo‘lsa, AQSh Eronning 52 ta obyektiga zarba berishga tayyorligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2020, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 137) ( 0) ( 136) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют