» » MIB Buxoroda 1,4 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirdi

MIB Buxoroda 1,4 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirdi


Majburiy ijro byurosi Buxoro shahar bo‘limi tomonidan 1,4 milliard so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi. Bu haqda “Daryo”ga Majburiy ijro byurosi tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, MIBning Buxoro shahar bo‘limi “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJdan undiruvchi “Jozibador mebellar uyi” oilaviy korxonasi foydasiga 164,14 million so‘m qarzni undirib bergan.

Shuningdek, MIB tomonidan Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 18-noyabrdagi qaroriga asosan undiruvchi “Kvars” AJ foydasiga qarzdor “Shoxrud” AJ hisobidan 588,99 million so‘m asosiy qarz, 4,409 million so‘m penya undirilgan.

Buxoro tumanlararo iqdisodiy sudining 2019-yil 19-dekabrdagi qaroriga asosan qarzdor “Buxoro ko‘priklardan foydalanish” UKdan undiruvchi Metal mega stroy MChJ foydasiga 103,33 million so‘mdan ortiq qarzdorlik, undiruvchi “Tejamkor imkon” MChJ foydasiga 607,41 million so‘mlik qarzdorlik undirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2020, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют