» » “Barselona” Ispaniya Superkubogi uchun qaydnomani e’lon qildi

“Barselona” Ispaniya Superkubogi uchun qaydnomani e’lon qildi


“Barselona” Ispaniya Superkubogi musobaqasiga yo‘l oladigan tarkibni e’lon qildi.

Saudiya Arabistonida o‘tadigan mazkur musobaqani katalonlar darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen, yarim himoyachi Artur va hujumchi Usmon Dembele jarohat tufayli o‘tkazib yuboradi.

Mavzuga doir: “Real” Ispaniya Superkubogi uchun qaydnomani ma’lum qildi. Ikki yetakchi musobaqani o‘tkazib yuboradi

Ernesto Valverde ushbu musobaqa qaydnomasiga kiritgan 24 nafar futbolchi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Neto, Inyaki Penya, Arnau Tenas.

Himoyachilar: Nelson Semedu, Xerard Pike, Kleman Langle, Xordi Alba, Samyuel Umtiti, Xunior Firpo, Jan-Kler Todibo, Mussa Vage, Ronald Arauxo.

Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Serxio Buskets, Serxi Roberto, Frenki de Yong, Arturo Vidal, Karles Peres, Rikard Puch.

Hujumchilar: Luis Suares, Lionel Messi, Antuan Grizmann, Ansu Fati, Aleks Kollado.

“Barselona” musobaqa yarim finalida 9-yanvar, juma kuni “Atletiko”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu juftlik g‘olibi “Real” yoki “Valensiya” bilan finalda to‘qnash keladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2020, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют