» » Buxoroda 1300 nafardan ziyod mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi

Buxoroda 1300 nafardan ziyod mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi


Buxoroda 1300 nafardan ziyod mansabdor shaxs ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortilib, uch mingdan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatda 1500 dan ortiq o‘rganish natijasida to‘rt mingga yaqin prokuror nazorat hujjatlari qo‘llanilib, uch mingdan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.

Ma’lumotga ko‘ra, Buxoro viloyat prokuraturasiga keltirilgan protestlar natijasida mingdan ortiq qonunga zid hujjat bekor qilingan va ularning muvofiqlashtirilishi ta’minlangan. O‘z xizmat vazifasini suiiste’mol qilgan qilgan 1300 nafardan ziyod mansabdor shaxs ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortilgan. 1642 nafari moddiy javobgar bo‘lgan. 1100 nafari esa qonun buzilishini sodir etmasligi haqida rasman ogohlantirilgan.

Qayd etilishicha, 710 marta o‘tkazilgan sayyor qabullarda kelib tushgan 2982 ta murojaatdan 1107 tasi qanoatlantirilgan. Bundan tashqari, surishtiruv va tergov organlari tomonidan 1687 nafar shaxsga nisbatan 1397 ta jinoyat ishining sudga oshirilishi ta’minlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют