» » O‘zbekistonda Adliya vazirligi tomonidan 1,1 mlndan ortiq qonun buzilishi holati aniqlandi

O‘zbekistonda Adliya vazirligi tomonidan 1,1 mlndan ortiq qonun buzilishi holati aniqlandi


Adliya vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisida ma’ruza qilgan vazir Ruslanbek Davletov 2018-yilda 11 mingga yaqin tashkilotda huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganilganini, bu jarayonda 1,1 milliondan ortiq qonun buzilish aniqlanganini qayd etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ushbu holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga 10 mingdan ortiq taqdimnoma, sudlarga 54 milliard so‘mlik 13 ming 600 da’vo arizasi kiritilgan. 35 mingdan ziyod ogohnoma, 2,4 ming ma’muriy va 127 jinoiy taklif kiritilgan.

Ta’sir chorlar natijasida 49 milliard so‘mlik 14 ming 700 da’vo arizasi qanoatlantirilgan, 6 ming nafar mansabdor shaxs intizomiy, 3,5 ming nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 511 nafar shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют