» » Adliya vazirligi 2018-yilda 37 mingdan ortiq murojaatlarning qariyb 27 mingtasi qonuniy hal etdi

Adliya vazirligi 2018-yilda 37 mingdan ortiq murojaatlarning qariyb 27 mingtasi qonuniy hal etdi


“Taraqqiyot strategiyasi” markazida 20-dekabr kuni jurnalistlar uchun “Sarhisob: Adliya vazirligi tomonidan 2018-yilgi Davlat dasturi ijrosi” mavzusida tashkil etilgan matbuot anjumanida aynan adliya organlarining amalga oshirilayotgan islohotlardagi o‘rni haqida gap bordi, deb xabar berdi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Tadbirda aytilishicha adliya tizimida Respublika – viloyat – tuman (shahar) uch pog‘onali prinsip bo‘yicha vertikal boshqaruv joriy etildi.

Adliya vazirligi huquqni muhofaza qiluvchi organ deb belgilandi, vazirik vakolatlari kengaytirildi bu esa o‘z navbatida mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlashdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida bir qator yangi boshqarmalar tashkil etildi. Joriy yildan boshlab, Adliya vaziri davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida har yili Oliy Majlis Senatiga axborot taqdim etadigan bo‘ldi. 2018-yil 1-maydan boshlab esa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasiga faqat Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosasi mavjud bo‘lgandagina kiritilmoqda.

Davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini tahlil qilish, Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmalari, Huquqiy siyosat tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yuridik kollejlar hamda eng muhimi tuman (shahar) adliya bo‘limlari tashkil etildi;

Adliya vazirligi xalqaro arbitrajlar va sud ishlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini himoya qilish sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organi etib belgilandi;

Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan shu kungacha 25 mingdan ortiq murojaat qabul qilinib, qonuniy hal etildi.

12 mingga yaqin fuqarolarning qabuli amalga oshirilib, 7 mingdan ortiq fuqarolar sayyor tartibda uyma-uy yurib qabul qilindi.

Adliya vazirligi tomonidan 221 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan 44 ta qonun loyihalari ishlab chiqildi. Ushbu ko‘rsatkich oxirgi uch yil davomida 3 barobarga oshdi.

1 561 ta qonun hujjati loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi, 516 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatiga olindi.

Aniqlangan 407 mingdan ortiq qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha vazirlik va idoralarga 7 mingdan ortiq taqdimnoma va 19 mingdan ortiq ogohnoma kiritildi, 1 800 dan ortiq noqonuniy qarorlar bekor qilindi, 2000 nafarga yaqin  shaxslarning ma’muriy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi, 5 mingga yaqin shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilib, 400 ga yaqini nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Sudlarga 32 milliard so‘mlik 8 mingdan ortiq da’vo arizalari kiritildi.

Kelib tushgan jami 37 mingdan ortiq murojaatlarning qariyb 27 mingtasi qonuniy hal etildi.

Murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganish, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga ko‘paydi.

800 ga yaqin yuridik xizmatlar xodimlari attestatsiyadan o‘tkazildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan malakasi oshirilgan yuridik xizmat xodimlarining soni 910 taga ko‘payib, 1 191 tani tashkil etmoqda.

2 500 ga yaqin nomzod lavozimiga tayinlanish uchun adliya organlarida kelishildi.

Aholining huquqiy ongini oshirish bo‘yicha 150 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlarning 71 926 tasi bevosita qishloq joylarda, tumanning eng chekka hududlarida adliya bo‘limlari tomonidan amalga oshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют