» » Turizm sohasida xalqaro standart matniga aynan o‘xshash yangi standart qabul qilindi

Turizm sohasida xalqaro standart matniga aynan o‘xshash yangi standart qabul qilindi


O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining (“O‘zstandart” agentligi) qarori bilan yangi davlat standarti O‘z DSt EN 13809:2019(EN 13809:2003, IDT) “Turizm xizmatlari. Turoperatorlar va turagentlar. Atamashunoslik” qabul qilindi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar bergan.

Standart O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK tomonidan ishlab chiqilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Harper’s Bazaar’ning eng sayohatbop Top-20 ro‘yxatida birinchi bo‘ldi

Ushbu standart matni EN 13809:2003 “Tourismservices – Travel agencies and tour operators– Terminology” xalqaro standart matniga aynan o‘xshash. Ushbu standartda turizm biznesida keng qo‘llaniladigan bir qator atamalarning ta’riflari mavjud va u turizm xizmatlaridan foydalanuvchilar va provayderlar o‘rtasidagi o‘zaro hamfikrlikni osonlashtirishga undaydi. Turizm xizmatlarini ongli ravishda tanlash sayyohlar kutgan turistik xizmat sifatidan qoniqish ehtimolini oshiradi. Shu bilan birga, turizm biznesi sohadan yaxshi xabardor bo‘lgan iste’molchilar borligidan ham foyda ko‘radi.

Mavzuga doir: Aziza Umarova turizm tadbirkorligi bo‘yicha istalgan kishi foydalanishi bo‘lgan 10 ta g‘oya taqdim etdi

Standart shuningdek, turizm va sayohat bo‘yicha boshqa standartlarni ishlab chiquvchilar va qonun chiqaruvchilar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun ilova o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi atamalar lug‘ati hisoblanadi. Standart 2020-yilning 1-aprelidan kuchga kiradi.

Mavzuga doir: Isroilning Ynet nashri O‘zbekistonni keyingi 10 yilda trendda bo‘ladigan sayohat manzillari qatoriga kiritdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют