» » Toshkentda “Jihodchilar”ning navbatdagi guruhi IIV va DXX tomonidan ushlandi

Toshkentda “Jihodchilar”ning navbatdagi guruhi IIV va DXX tomonidan ushlandi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan 7-yanvar kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida faoliyati O‘zbekistonda  taqiqlangan “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimining bir guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu shaxslar O‘zbekiston hududida Suriyada panoh topgan terroristik uyushma a’zolarining topshiriqlarini bajarib kelgan. Ular aholi orasida qonunga xilof ravishda targ‘ibot olib borib, “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimining g‘oyalarini tarqatgan hamda shu yo‘l bilan saflarini kengaytirishga qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan.

Shuningdek, ular O‘zbekistondagi yoshlar orasida o‘zlarining aqidaparastlik g‘oyalarini singdirib, Suriya hududidagi xalqaro terrorchilik tashkilotlarining safiga qo‘shilib, jinoyat sodir etishga da’vat qilgan. Ta’kidlanishicha, ushlangan shaxslarda ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlangan va protsessual tartibda olib qo‘yilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.

“Fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi da’vatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklari, saqlamasliklari va tarqatmasliklarini so‘raymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy sudining 2016-yil 26-sentabrdagi qarori bilan “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi O‘zbekiston hududida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan. Avvalroq, 2019-yilning 23-oktabr kuni ham Toshkent shahrida mazkur oqimning bir guruh a’zolari qo‘lga olingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют