» » “Toshkent bu borada namuna bo‘lishi kerak”. Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Xalq qabulxonasining sharoitlariga yuqori baho berdi

“Toshkent bu borada namuna bo‘lishi kerak”. Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Xalq qabulxonasining sharoitlariga yuqori baho berdi


Shavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni Toshkent shahridagi Prezident Xalq qabulxonasida bo‘ldi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Bir muddat avval Toshkentning Bunyodkor shoh ko‘chasi 2-uy manzilida yangi Xalq qabulxonasi binosi foydalanishga topshirilgan edi. Bu yerda fuqarolarni qabul qilish uchun xonalar, Davlat xizmatlari markazi shoxobchasi, “Madad” maslahat byurosi, tibbiy xizmat, ona va bola xonalari tashkil etilgan.

Toshkent shahrida aholi ko‘pligi inobatga olinib, sohalar bo‘yicha bo‘limlar yo‘lga qo‘yilgan. Qayd etishlaricha, mazkur muassasa bir kunda 200 nafargacha murojaatchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Prezident qabulxonada yaratilgan sharoitlarga yuqori baho bergan.

“Bu yerga kelgan odam barcha savollariga javob topishi, Toshkent bu borada namuna bo‘lishi kerak”, — deb ta’kidlagan Prezident Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, 11-yanvar kuni Prezident O‘zbekiston Milliy bog‘ida bo‘lib, Adiblar xiyobonidagi o‘zgarishlar, bo‘lajak Toshkent muzeyini tashkil etish jarayoni va Milliy bog‘ hududida tashkil etiladigan yangi tematik park qurilishi bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют