» » Eronda Ukraina samolyotining urib tushirilishi tufayli hukumatga qarshi namoyishlar qayta tiklandi (video)

Eronda Ukraina samolyotining urib tushirilishi tufayli hukumatga qarshi namoyishlar qayta tiklandi (video)


Eron hukumati Ukrainaning yo‘lovchi samolyotini xatolik tufayli urib tushirganini tan olganidan so‘ng boshlangan namoyishlar qayta tiklandi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi, deb yozadi Meduza.

Norozilik namoyishini Tehrondagi bir nechta universitetlar talabalari uyushtirgan. Ular “Bizning televideniye — bu sharmandalik”, “Islom inqilobi muhofizlari korpusi qotillik uchun javobgar” va “Ular bizning dushman Amerika deb aldamoqda, dushmanlarimiz shu yerda” deb hayqirmoqda.

Twitter’da bir nechta videoroliklar e’lon qilindi. Unda Tehrondagi namoyish ishtirokchilari yerga chizilgan AQSh va Isroil bayroqlarini aylanib o‘tayotgani tasvirlangan. Twitter foydalanuvchilari bayroqlarni bosganlarga namoyish ishtirokchilari “Sharmanda!” deb baqirganini ta’kidlamoqda.

Today, the crowd in an Iranian university refused to trample US and Israel flag #LoveBeyondFlags. These IR ideologies, like forced hijab, are falling one by one. pic.twitter.com/spxEI9DRv4

— ?????? (@mamlekate) January 12, 2020

Talabalarning norozilik namoyishlari Isfahonda ham o‘tayotgani xabar qilinmoqda.

Jan 12, Isfahan, central #Iran
Students of the Industrial University of Isfahan chant, "You use God as a ladder to move up while harassing the nation", implying that the regime takes advantage of religion to stay in power. #IranProtests pic.twitter.com/Y9mY03sxYn

— Iran News Wire (@IranNW) January 12, 2020

11-yanvar kuni talabalar Eron raketasi bilan urib tushirilgan Ukraina Boeing’i aviahalokati aybdorlarini jazolashni talab qilib, norozilik namoyishigachiqqandi.

“Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Kiyevga uchayotgan Boeing 737 samolyoti 8-yanvar kuni Tehron aerportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan edi. Hodisa oqibatida 176 kishi halok bo‘lgan. Eron Ukraina samolyotini xatolik sabab urib tushirganini tan oldi. Uni dushman nishoni deb o‘ylashgan.

12-yanvar kuni Islomiy inqilobiy muhofizlari korpusi Ukraina samolyoti halokati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Eron urib tushirilgan Boeing qora qutilarini Fransiyaga topshirilishini ma’lum qildi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Eron havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi bilan urib tushirilishida aybdor bo‘lganlarning bari javobgarlikka tortilishiga va’da berdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2020, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют