» » O‘zbekistonda ilk bor xorijda ishlash istagidagilar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor xorijda ishlash istagidagilar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi


O‘zbekistonda ilk bor chet elda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.

15-dekabr kuni Andijon hamda Qashqadaryo viloyatida tashkillashtirilgan yarmarkalarda xorijlik ish beruvchilar o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilgan.

Andijonda tashkil etilgan tadbirda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti rahbari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari ishtirok etdi.

Yarmarkada Rossiya, Latviya, Bolgariya vakillari o‘z takliflari bilan qatnashgan. Shuningdek, ular qatorida O‘zbekistonda faoliyat yuritadigan 20 ga yaqin xususiy bandlik agentligi vakillari ham ishtirok etgan. Yarmarkaga tashrif buyurgan mingdan ziyod fuqaro esa jami 150 ga yaqin yo‘nalishda 9000 dan ziyod xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olish imkoniga bo‘lgan.

“Yarmarkada ishtirok etgan 500 nafarga yaqin fuqaro ish beruvchilar taqdim etgan ish o‘rinlarida faoliyat ko‘rsatish istagini bildirdi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2020, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют