» » La Liga. “Real” o‘z maydonida “Sevilya”ni mag‘lub etdi (video)

La Liga. “Real” o‘z maydonida “Sevilya”ni mag‘lub etdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 20-turi doirasida 18-yanvar, shanba kuni 2 ta uchrashuv yakunlandi.

Turning markaziy o‘yinida Zinedin Zidan boshliq Madridning “Real” klubi “Santyago Bernabeu”da Xulen Lopetegi boshqaruvidagi “Sevilya”ni qabul qildi.

Bellashuv davomida “Qirollik klubi” yarim himoyachisi Kazemiro (57, 69) ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, mehmonlardan niderlandiyalik hujumchi Lyuk de Yong (64) o‘z hisobiga bitta golni rasmiylashtirib qo‘ydi.

Shu tariqa Madrid klubi o‘z maydonida kechgan bahsda “Sevilya” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, “Real” ochkolari sonini 43 taga yetkazib, musobaqa jadvalida yetakchiga aylandi. 4-o‘rinda borayotgan “Sevilya” hisobida esa 35 ochko mavjud.

La Liga

20-tur bahslari

18-yanvar, shanba

Gol: 0:1 — 64 Vidal

Gollar: 1:0 — 57 Kazemiro, 1:1 — 64 de Yong, 2:1 — 69 Kazemiro

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют