» » “Marhumning murdasiga benzin sepib, o‘t qo‘ygan”. Narimon Grigoryanning o‘ldirilishi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar

“Marhumning murdasiga benzin sepib, o‘t qo‘ygan”. Narimon Grigoryanning o‘ldirilishi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar


Toshkent shahar prokuraturasida 20-yanvar kuni OAV vakillari uchun tashkil etilgan brifingda taniqli dizayner va xoreograf Narimon Olimjonov (Grigoryan)ning o‘ldirishiga oid yangi tafsilotlar ma’lum qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 14-yanvar kuni soat taxminan 12:05 da Toshkentning Yashnobod tumani Chigil ko‘chasidagi xonadonda 2018-yil may oyidan buyon ijara shartnoma asosida yashab kelgan 35 yoshli Narimon Grigoryanning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Holat yuzasidan 14-yanvar kuni Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

“Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida ushbu qotillik jinoyati 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi”, — deyiladi shahar prokuraturasi axborotida. Ayblanuvchi tariqasida so‘roq qilingan A.A. o‘z ko‘rsatuvlarida Narimon Grigoryani qasddan o‘ldirib, puliga egalik qilish maqsadida bo‘lganini aytgan.

U 13-yanvar kuni soat taxminan 9:00 da o‘z rejasini amalga oshirish niyatida uyidan 1 litr baklajkada benzin va pichoq olib chiqqan; Narimon Grigoryanga qo‘ng‘iroq qilib, uning uyiga borgan. Xonadonga kirgan vaqtida yonidagi pichog‘i bilan Narimon Grigoryanni qasddan o‘ldirgan.

“Gumon qilinuvchi shaxs uyda bo‘lgan 625 dollar, ikkita iPhone, bitta elektron sigareta chekish moslamasi, bitta Airpods naushnigi, Narimon Griogoryanning Captiva’si kalitini olgan va jinoyat izlarini yashirish maqsadida xonadon va Narimon Grigoryanning murdasiga benzin sepib, o‘t qo‘ygan. Shundan so‘ng xonadonning kirish eshigini qulflab, chiqib ketgan.

A.A. o‘z ko‘rsatmasida ikkita iPhone, Captiva’ning kaliti va pichoqlarni hodisa sodir bo‘lgan Chigil ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanaliga tashlab yuborganini, 225 dollarni esa so‘mga ayirboshlab, bir qismini o‘zining ehtiyojlariga sarflaganligiga iqrorligini bildirgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, Qorasu kanalidan ikkita pichoq, A.A.ning yonidan 400 dollar va 1,06 million so‘m pul mablag‘lari, bitta elektron sigareta chekish moslamasi va bitta Airpods naushnigi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Rasuljon Botir o‘g‘lining ma’lum qilishicha, 17-yanvar kuni A.A.ga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2020, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 121) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют