» » OChL—2020. “Lokomotiv” va “Bunyodkor” saralash bahslaridagi ishtirokini boshlaydi

OChL—2020. “Lokomotiv” va “Bunyodkor” saralash bahslaridagi ishtirokini boshlaydi


Osiyo Chempionlar Ligasining pley-off bosqich o‘yinlari 21-yanvar, seshanba kuni start oladi.

Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Tojikistonning “Istiqlol” jamoasini qabul qiladi. “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs 15:00 da boshlanadi.

Pley-off bitta o‘yindan iborat bo‘lib, mazkur juftlik g‘olibi Saudiya Arabistonida “Al-Ahli”ga qarshi guruh yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. “Lokomotiv” har ikki o‘yindan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda qur’a natijalariga ko‘ra, A guruhidan o‘rin oladi.

“Bunyodkor” ham ushbu bosqichdan o‘z yurushini boshlaydi. Vadim Abramov shogirdlari 22-yanvar, chorshanba kuni Iroqning “Ash-Shorta” jamoasiga qarshi Toshkentda o‘yin o‘tkazadi. Bellashuv 14:00 da boshlanishi reja qilingan.

Bu uchrashuv g‘olibi Birlashgan Arab Amirliklarida “Al-Ayn”ga qarshi bahs yuritadi. “Qaldirg‘ochlar” bu bosqichdan o‘ta olsa, u holda “o‘lim guruhi” deya atalayotgan “D” guruhidan o‘rin oladi.

Mavzuga doir: Osiyo Chempionlar Ligasiga qur’a tashlandi. “Paxtakor” guruhdagi raqiblarini bilib oldi

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Chempionlar Ligasining 2020-yilgi musobaqasida O‘zbekiston klublariga “1+2” kvota berilgan. “Paxtakor” to‘g‘ridan to‘g‘ri guruh bosqichida qatnashsa, “Lokomotiv” va “Bunyodkor” saralash o‘yinlarida ishtirok etadi.

OChL—2020

Pley-off bosqichi

21-yanvar, seshanba

22-yanvar, chorshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют