» » O‘zbekistonlik ikki futbolchi Janubiy Koreya chempionatiga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Janubiy Koreya chempionatiga yo‘l oldi


“Lokomotiv” yarim himoyachisi Jamshid Iskandarov faoliyatini Janubiy Koreya chempionatida davom ettiradi.

26 yoshli futbolchi Key-Liga klubi — “Songnam” bilan shartnoma imzolagan. Bu haqda Transfermarkt ma’lum qildi. Transfer 800 ming yevroga baholangan.

O‘tgan mavsumni Yaponiyaning “Renofa Yamaguchi” klubida o‘tkazgan himoyachi Doston Tursunov esa “Pusan Ay Park” jamoasiga yo‘l olgan. Pusanliklar 2019-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, Janubiy Koreya oliy divizionida to‘p surish huquqini qo‘lga kiritgan.

Shu tariqa, Key-ligada to‘p suradigan o‘zbekistonliklar soni yana ikki nafarga oshdi. Ayni damda u yerda Ikrom Aliboyev (“Seul”) va Rustam Ashurmatov (“Gvangju”) harakat qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют