» » Ispaniya Kubogi. “Real” va “Barselona” safarda g‘alaba qozonib, 1/8 final bosqichiga chiqdi (video)

Ispaniya Kubogi. “Real” va “Barselona” safarda g‘alaba qozonib, 1/8 final bosqichiga chiqdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/16 finali doirasida 22-yanvar, chorshanba kuni bir qancha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Kike Setyen qo‘l ostiga o‘tgan Kataloniyaning “Barselona” klubi “Ibitsa” maydoniga safar qildi.

Bellashuvning 9-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Pep Kabalye hisobni ochgan bo‘lsa, 72 va 90+4-daqiqalarda “ko‘k-anorranglilar” hujumchisi Antuan Grizmann ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Natijada o‘yin 2:1 hisobida “Barselona” g‘alabasi bilan yakunlandi va jamoa musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Shu kuni Zinedin Zidan boshliq Madridning “Real” klubi mehmonda “Unionistas”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida “Qirollik klubi” hujumchisi Garet Beyl jamaosini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 57-daqiqaga kelib mezbon jamoa yarim himoyachisi Alvaro Romero hisobni tenglashtirdi. 62-daqiqa “Unionistas” himoyachisi Xuan Gongora o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (1:2). 90+2-daqiqada esa Braim Dias Madrid klubining g‘alabasini mustahkamladi.

Shu tariqa “Real” safarda kechgan bahsda “Unionistas”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, Ispaniya Kubogining nimchorak finaliga yo‘l oldi.

Ispaniya Kubogi

1/16 final bahslari

22-yanvar, chorshanba

Gollar: 1:0 — 9 Kabalye, 1:1 — 72 Grizmann, 1:2 — 90+4 Grizmann

Gollar: 0:1 — 18 Beyl, 1:1 — 57 Romero, 1:2 — 62, avtogol Gongora, 1:3 — 90+2 Braim Dias

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 03:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют