» » Xitoylik mutaxassislar koronavirusning dastlabki suratini e’lon qildi

Xitoylik mutaxassislar koronavirusning dastlabki suratini e’lon qildi


Xitoyning kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi elektron mikroskopda olingan koronavirus (2019-nCoV)ning birinchi suratini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Xabarda aytilishicha, mutaxasisslar virusning shtammini ajratishga erishgan bo‘lib, bu uning tuzilishini o‘rganishga yordam beradi.

Koronavirusning tanasi quyosh tojlarini eslatib yuboruvchi turtib chiqqan qismlar bilan o‘ralgani sababli u shunday nom olgan. Markaz tomonidan e’lon qilingan suratda shunday belgilari ko‘ringan.

24-yanvar holatiga ko‘ra, Xitoyda koronavirus sababli 875 kishi pnevmoniya bilan kasallangani aniqlangan. AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Vyetnam, Tailand, Singapur, Gonkong, Makao va Tayvanda ham kasallanish holati qayd etilgan.

Koronavirus tufayli Xitoyda 13 ta shahar yopib qo‘yilgan. Ularning eng yirigi Uxan bo‘lib, kasallik dastlab 12 million aholiga ega aynan shu shaharda paydo bo‘lgan. Hukumat jamoat transportida yurishni taqiqlagan, avtobus, temiryo‘l va aviatsiya orqali qo‘shni shaharlarga qatnovni cheklagan.

Xitoydan Rossiyaga uchib kelgan bemorning uchinchisi infeksiya alomatlari bilan Sankt-Peterburg kasalxonasiga yotqizilgani ma’lum qilingan, ammo ularda kasallik tashxisi rasman tasdiqlanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют